Nasta’liq

Nasta’liq — xattotlik uslubi, Arab mumtoz xat uslublaridan biri. 14-asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va ta’ltsh xat uslublari asosida yaratilgan bo’lib, harflarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi to’g’ri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab mo’tabar qo’lyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini kuchirishda va alohida qit’alarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat san’atidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va Hindistonda keng tarqalgan. Ja’far Boysunkuriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashxadiy va uning shogirdlari Nasta’liqda ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviynnng Nasta’liqni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad («Favoid ul-xutut»), Munis Xorazmiy («savodi ta’lim»), Muhammad Azim («mir’oti ta’lim») asarlarida Nasta’liq xatining asoslarini o’rganish bayon etilgan.