Natrolit

Natrolit (natriy va Yunoncha Lithos -tosh) — tseolitlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Na2 Al2 Si2 O8- 2N2O, ba’zan Na o’rnida K va sa bo’lishi mumkin. Kristallokimyoviy strukturasi tipi bo’yicha karkasli alyu-mosilikatlarga kiradi. Rombik va tetragonal singoniyalarda kristallanadi. Kristallari, asosan, ingichka ignasimon, shuningdek, radial-nursimon, tolasimon. Donali zich uyumlardan iborat. Odatda rangsiz, kulrang yoki sarg’imtir, qizg’ish. Shishasimon yaltiroq yoki sadafsimon. Qattiqligi mineralogik shkala bo’yicha 5-5,5; zichligi 2,2 – 2,5 g/sm3. Suv, NH3, CO2, H2S va b. moddalarni o’ziga singdira oladi. Sanoatda Permutitlar (sun’iy alyumosilikatlar) tayyorlashda ishlatiladi. Natrolit qaynoq suvli eritmalarning vulkan jinslaridagi bo’shliq va yoriqlarda tseolit, kaltsit, kvars, xlorit bilan birga cho’kishidan hosil bo’ladi. O’zbekistonda qurama tog’larida (ayniqsa, Oqtepa, Kalmoqqir, Qo’rg’oshinkon va boshqalar), shuningdek, Beltovda (Qizilqum) ma’lum.