Nega qarag’ay doimo yashil tusda bo’ladi?

Qarag’ay barglarining bir necha vazifasi bor. Shunday vazifalardan biri butun daraxt uchun ozuqa ishlab chiqarishdir. Barglarga karbonat angidrid gazi havodan, suv va mineral tuzlar esa tuproqdan keladi. Barglardagi xlorofill Quyosh energiyasini yutadi. Xlorofill Quyosh nurlari ta’sirida suv va karbonat angidrid gazini qandga, glyukozaga aylantiradi. Yaproqlar ishlab chiqaradigan qand o’simliklarning asosiy ozuqasidir. Yaproqlar, shuningdek, ko’p miqdorda suv ham ishlab chiqaradi. Daraxt tanasidan keladigan suvning bir qismigina ozuqa ishlab chiqarishga sarflanadi. Uning aksariyati yaproq yuzasidagi g’ovaklar orqali bug’lanib ketadi. Qishda daraxtga suv cheklangan miqdorda keladi. Yer muzlab qolgani sababli daraxtlar yerdan havoga bug’lash uchun yetarli miqdorda suv ololmaydi. Shuning uchun ham ular qishda suvni bug’lantirmaslik uchun yaproqlarini to’kadi va «yumilib» oladi. Daraxtlarning yaproqlari shakli ham turlichadir. Qarag’ay va archaning barglari ingichka bo’lib, yo’gon gilofli ignani eslatadi. Bu suv bug’lanishiga barham beradi. Barglar esa daraxtlarda uzoq yillar saqlanib qoladi. Barglar to’kilishi bilan o’rnidan yangisi ko’karib chiqadi va daraxt shoxlari hech qachon yalang’ochlanib qolmaydi. Shuning uchun ham bunday daraxtlar doimiy yashil daraxtlar deb ataladi. Shu bilan birgalikda keng bargli doimiy yashil daraxtlar ham bor. Masalan, Kaliforniya dafnasi va magnoliyaning qattiq yaltiroq barglari sovuq paytlar ham namlikni saqlab qolishga yordam beradi.