Negativizm

Negativizm — oliy nerv faoliyatining buzilishi belgilaridan biri. Bunda bemor o’rinsiz ravishda tashqi ta’sirotlarga qarshilik ko’rsatadi. Passiv va aktiv Negativizm farq qilinadi. Passiv Negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatni o’jarlik bilan bajarmaydi. Aktiv Negativizmda kishi talab qilinayotgan harakatning aksini qiladi. Negativizm aksariyat shizofreniyannng katatonik shaklida kuzatiladi. Ba’zi bolalar va o’smirlarda noto’g’ri tartib oqibatida yuzaga keladigan Negativizmni patologik Negativizmdan farq qila bilish kerak.