Ne’matlar

Ne’matlar — kishilarning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishga, ularga naf berishga qodir bo’lgan jami narsalar. Ne’matlar iste’mol Ne’matlarlari (kishilarning bevosita ehtiyojlarini qondiradi), resurslar (iste’mol Ne’matlarlari ishlab chiqarish uchun zarur Ne’matlar)ga; o’z tuzilmasiga ko’ra, xususiy va ijtimoiy Ne’matlarga bo’linadi. Xususiy Ne’matlar yakka iste’mol etiladigan, ijtimoiy Ne’matlar butun jamiyat foydalanishi mumkin bo’lgan, iste’molda cheklash bo’lmagan Ne’matlardir. Ne’matlar iste’molga ochikligi jihatidan me’yoriy (iste’molchilarning daromadlari o’sishiga qarab iste’mol qilinishi, talab ortib boradigan Ne’matlar) va cheklangan (noyobligi yoki miqdori cheklanganligi sababli ishlab chiqarish va taqsimlash zarur bo’lgan Ne’matlar)ga bo’linadi. Cheklangan Ne’matlarga talab ularning miqdoridan ancha ortiq bo’lgani uchun ham ular narxga ega bo’ladi. Havo, quyosh nuri kabilarni istisno qilganda amalda barcha Ne’matlar cheklangan Ne’matlar sirasiga kiradi.