Neoimpressionizm

Neoimpressionizm (Neo… va impressionizm) — 19-asr 2-yarmida Yevropa tasviriy san’ati (rangtasvir) da yuzaga kelgan oqim. Dastlab Frantsiya (1885)da paydo bulgan. 19-asr oxiri -20- asr boshlarida Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Neoimpressionizm namoyandalari (J. Sera, P. Sinyak va boshqalar) impressionizmnnng sub’yektiv an’analarini rivojlantirdilar, optika sohasidagi zamonaviy kashfiyotlarni qo’llagan holda uni ilmiy asoslashga urindilar: murakkab rang tuslanishlarini bosqichma- bosqich sof ranglarga ajratish usullari (bo’yoqlarni to’rtburchak yoki dumaloq nuqtalar shaklidagi rang surt-malari tarzida yuzaga — xolstga yonma-yon joylashtirish)ga uslubiy xususiyatlar baxsh etib, yangi murakkab rang tuslanishlarini hosil qilishga harakat qildilar. Neoimpressionizm asarlari mozaikani eslatadi, badiiy obrazni hayotiy voqealarga qarama-qarshi qo’yib, hayotiy lavhalarning jonli tasviridan voz kechdilar, natijada asarlar hayotiy aniklik va nafislikdan mahrum bo’ldi. Neoimpressionizmning rang borasidagi izlanishlari keyingi davr san’ati (jumladan, fovmzlg)ning shakllanishida o’z ifodasini topdi. Neoimpressionizm uslubini rangtasvirning hajmli — fazoviy yechimi bilan uyg’unlashtirishga urinishlarni Belgiya (T. van Reyselberge) va Italiya (J. Segantini) rangtasvirida ko’rish mumkin. 19-asr oxirida Sharq mamlakatlariga ham bu oqim belgilari kirib kelgan. O’zbekistonda O’. Tansiqboyevning ilk ijodida («karvon», 1920), A. Mirsoatov asarlarida bu xususiyatlar ko’zga tashlanadi.