Nima uchun shamollarning nomi turlicha?

Shamolning «sabo», «yepkin», «yel», «shabada», «samum», «to’fon», «izg’irin» singari o’nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «shabada esyapti», yoki «shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko’pgina shamollarning o’ziga xos nomi bor.

Ular bunday o’ziga xos nomlarni turli sabablarga ko’ra olishgan. Masalan, siz «shtilga tushib qolish» nima ekanini yaxshi bilasiz. Bu — bir joyda harakatsiz turib qolish, degani. Shamol turlaridan biri «shtil shamoli» deb ataladi. U ko’tarilayotgan havo va past bosimning keng mintaqasi mavjud ekvatorda paydo bo’ladi.

Pastdan va yuqoridan ekvatorga qarab esadigan shamollar passatlar deb ataladi. Ular kuchli esishi bilan birga doimiy yo’nalishga ham egadir va shu sababdan dengizchilarning yelkanli kemalarini harakatga keltirishida juda foydali bo’lgan. Qutblarga qarab esadigan shamollar vestlar deb ataladi. AQSh, asosan, ana shunday shamollar zonasida joylashgan.

Yana bir qancha o’ziga xos shamollar mavjud. Masalan, mussonlar fasllar almashinuviga qarab o’z yo’nalishini o’zgartirib turadigan shamollardir. «Musson» arabcha «mavsum» so’zidan kelib chiqqan. Mussonlar Hindistonda qish paytida issiq va quruq havo, yozda esa shimol yo’nalishida esib, kuchli yomg’irlarni olib keladi. Fransiya janubida istiqomat qiluvchi aholi shimoldan esadigan sovuq va quruq izg’irinni qo’rquv bilan kutishadi. U dengiz tarafdan bir necha kunlab ham esishi mumkin va odamlarga noqulaylik tug’diradi.