Nimaga Iphone dagi olma tishlangan?

— Stiv Jobs 1977-yilda Rob Yan ismli dizaynerdan oddiyroq logotip tayyorlashini soʻraydi. Shuningdek, unda 6 ta rangni qoʻllab-quvvatlashi bilan inqilobiy ekranga ega boʻlgan Apple IIʼning displeyi ham aks etishi kerak edi. Nihoyat, tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip dunyoga keldi.

— Bu olma nega tishlangan, degan savol barcha uchun oʻshanda ham, hozir ham qiziq. Dizaynerning fikricha, odamlar uning chindan ham olma ekanini bilishlari, pomidor deb oʻylamasliklari uchun ham logotip tishlangan shaklda ifodalashga harakat qilingan.

— Shuningdek, olmaning “tishlanishi” ingliz tilida «bite» soʻzini ifodalagan. Boisi, oʻsha vaqtlardayoq kompyuterdagi maʼlumot “bayt” birligida oʻlchangan. Yaʼni, Apple bu orqali kompyuterlari marketingini ham nishonga olgan.