Nimaga ko‘z uchadi?
— Bir kunda bir necha marta qahva ichish ko‘z uchishining sababi bo‘lishi mumkin. Kofein ta’sirida mushaklar tortilib turadi. Bunday holatning oldini olish uchun qahva ichishni kamaytiring.
Sizda stress – tana stressni har xil usulda bildiradi, asabiy uchish bu usullarning biridir. Unda stressning sabablarini o‘rganib muammoni bartaraf qilish lozim bo‘ladi.
Sizda allergiya – agar sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa, ko‘zning uchishi ham shish yoki qichishish kabi paydo bo‘lishi mumkin. Shifokorlar ko‘zga vaqtincha antigistamin ko‘z tomchilari tomizishni tavsiya qilishadi.
Uyquga to‘ymaysiz – qovoq mushaklari tanadagi eng sezuvchan va eng nozik a’zolardan biridir. Agar uyqu kam bo‘lsa, ko‘zlar charchaydi va ko‘z atrofidagi mushaklar pir-pir ucha boshlaydi. Bu muammoni bartaraf etishning yo‘li – uxlashga ertaroq yotish va sutkasiga 8 soatdan kam uxlamaslik.