Ninsya-xuey muxtor rayoni
Ninsya-xuey muxtor rayoni – Xitoy tarkibidagi ma’muriy birlik, mamlakatning shimolida. Maydoni 60,4 ming km2. Aholisi 5,38 million kishi (1998); 1/3 qismi dungan (Xuey)lar. Ma’muriy va iqtisodiy markazi — In-Chuan shahri. Xo’jaligining yetakchi tarmog’i — dehqonchilik. Sholi, bugdoy, tariq, gaolyan, paxta, moyli ekinlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qo’y va qoramol boqiladi. Radiotexnika, elektronika, metallurgiya, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Inchuan shahri yaqinidan toshko’mir va osh tuzi qazib olinadi. Xuanxe daryosida kema qatnaydi.