Niobiy rudalari
Niobiy rudalari – tarkibidagi niobiy birikmalari va kontsentrasiyasi miqdori sanoatda foydalanish uchun texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jixatdan samarali bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Niobiy rudalari tarkibida muayyan miqdorda tantal bo’ladi. Niobiyning asosiy ruda minerallari: piroxlor, kolumbit, fergusonit, evksenit, loparit. Rudaning genetik tipiga qarab, shuningdek, tarkibida ftor, tsirkoniy, kamyob- yer elementlari, uran, toriy, litiy va boshqa minerallar mavjud. Niobiy rudalari konlari paydo bo’lishiga qarab ishqoriy va subishqoriy jinslar bilan bog’liq endogen va karbonatitlar hamda kolumbitli granitlardagi chiziqli va maydonli nurash po’stiga mansub, shuningdek allyuvial, delyuvial- allyuvial, ko’l va flyuvial-glyasial sochmali ekzogen konlarga bo’linadi. Dunyo bo’yicha jami niobiy zaxiralarining 2/3 qismi piroxlorli karbonatit konlariga to’g’ri keladi. Bulardan eig yiriklari Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlarda. Barcha konlardan ruda ochiq usulda qazib olinadi. Niobiy rudalari tarkibida Nb2O, miqsori o’rtacha 0,2—0,6%; boy konlarda 1% va eng kup miqdori 4% ga yetadi.