Nitrat kislota

Nitrat kislota, HNO3 – kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuqlik. Molekulyar modda 63,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59°, qaynash temperaturasi 84°, zichligi 1,513 g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98-100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil bo’lgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi: 4HNO3-^2H2O+4NO2T+O2T. Amalda zichligi 1,44 g/sm3 bo’lgan 63— 65% li kontsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga ta’sir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Nitrat kislota metallmaslarni ham oksidlaydi. Kontsentrlangan Nitrat kislota metallar va metallmaslar bilan reaktsiyaga kirishganida, albatta azot (1U)-oksid ajralib chiqadi. Nitrat kislotada oltin, platina, iridiy, radiy va ruteniydan boshka barcha metallar eriydi. Nitrat kislotaga xlorid kislota qo’shilsa, zar suvi hosil bo’ladi. Nitrat kislotaning barcha tuzlari suvda yaxshi eriydi. Nitrat kislota sanoatda ammiakni havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Azotli va murakkab o’g’itlar (ammiak selitrasi, kaliyli va kaltsiyli selitralar, nitrofoska) ishlab chiqarishda, olishda, metallurgiyada va boshqa maqsadlarda keng qo’llanadi. Kontsentrlangan Nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, bo’yagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bug’i nafasga tegsa zaharlaydi, terini kuydiradi. Kontsentrlangan Nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yong’in chiqadi.