Nitron

Nitron — poliakrilonitrildan olinadigan sun’iy tola. Chet mamlakatlarda orlon, akrilan (AQSh), kashmilon (Yaponiya), kurtel (Angliya), dralon, volpryula (GDR), anilana (PXR) degan nomlar bilan ataladi. Nitron mexanik jihatdan mustahkam (uzilishga pishiq-ligi 35— 45 kg/mm2), issiqqa ancha chidamli. Har xil texnik buyumlar va gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi.