Nodirshoh Muhammad

Nodirshoh Muhammad (1883.9.4 — 1933.8.9) — Afg’oniston podshosi (1929-33); 1973 yilgacha Afg’onistonda hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Afg’onistonning mustaqillik urushida (1919) muhim rol o’ynagan. 1919-24 yillarda harbiy vazir, 1924-26 yillarda Parijda elchi; 1926 yil iste’foga chiqib Frantsiyada yashagan. 1929 yil vataniga qaytib Bachai Saqoga qarshi kurashga boshchilik qilgan. 1929 yil oktabrda Afg’oniston podshosi (qiroli) deb e’lon qilingan. Suiqasd natijasida o’ldirilgan.