Nominalizm

Nominalizm (lotincha nomen — ism, nom) — o’rta asr sxolastik falsafasidagi yo’nalish. Realizmga qarama-qarshi ravishda Nominalizm olamda faqat yakka narsalar, predmetlar mavjud, umumiy tushunchalar (universaliylar) esa fatsat narsalarning nomlaridangina iborat deb, yoki inson aql-idrokida bo’ladigan sof tafakkur hosilalari (kontseptlar, mo’tadil Nominalizmning «kontseptualizm» nomi shundan) deb hisoblaydi. Vakillari: I. Rostselin, Dune Skot, u. Okkam. Nominalizm 11 —12-asr larda paydo bo’ldi, ayniqsa, 14-15-asrlarda rivojlandi.