Noorganik bog’lovchilar asosidagi pol qoplamalari
Noorganik bog’lovchilar asosidagi pol qoplamalari – choksiz pol qoplamalarining bir turi bo’lib, yaxlit qatlamlaridan iborat, bu qatlamlar bog’lovchi, qotirish muhiti, noorganik yoki organik to’ldiruvchi hamda har xil modifikatsiyalovchi qo’shimchalarni o’z ichiga olgan aralashmalarni qotirish yo’li bilan olinadi. Qurilish qorishmalari (aralashmalari)ning tarkibiga ko’ra bunday pol qoplamalari tsement-betonli (ustki qatlami mustahkamlangan qoplamani kiritgan holda), tsement-qumli, mozaykali, ksilolitli, metall-tsementli, polimertsementli-betonli va kislotabardosh beton qoplamali pol qoplamalariga bo’linadi.