Novosibirsk viloyati
Novosibirsk viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. G’arbiy Sibirning Janubi-sharqida joylashgan. G’arbiy Sibir iqtisodiy rayoni tarkibida. Maydoni 178,2 ming km2. Aholisi 2744,0 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, nemis, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 30 ma’muriy tuman, 14 shahar va 18 shaharcha bor. Markazi — Novosibirsk shahri. ovosibirsk viloyati asosan, ob va Irtish daryolari oralig’ida joylashgan. Vasyugane tekisligining Janub qismini, Baraba pasttekisligini egallaydi, sharqda salair kryajiga tutashgan. Yer yuzasi tekislik, balandligi 150-200 metr, viloyatning faqat Sharqiy qismida balandligi 300-350 metr bo’lgan Salair kryajining etaklari bor (eng baland joyi 498 metr). Foydali qazilmalari: tabiiy gaz, neft, tosh-ko’mir, torf, oltin. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi Janubda -16° gacha, shimolda -20° gacha. Yiliga 300-350 mm yog’in tushadi. Vegetatsiya davri shimolda 146, Janubda 160 kun. Asosiy daryosi — Ob. Ob daryosida Novosibirsk suv ombori va GES bor. Ko’l ko’p. ovosibirsk viloyati hududining 28% botqoqlik. Tuproqlari podzol, sur tusli, va o’rmon, qoratuproklar. Katta maydonni asosan, igna bargli o’rmonlar egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan shimol bug’usi, Los, silovsin, elik, rosomaxa, Qunduz, bo’ri, tulki, quyon, oq tovushqon, g’oz, o’rdak, ko’llarda ondatra, suv kalamushi bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoksozlik — «Tyajstanokgidropress», «Stanoksib» korxonalari, «Siblitmash» zavodi; aviasozlik — aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, priborsozlik va radioelektronika sanoati — «Elektrosignal» zavodi, Komintern nomidagi zavod, aloqa, shu jumladan, kosmik aloqa vositalari; «Kometa», Vega», «Luch» ishlab chiqarish birlashmalari, yarimo’tkazgich priborlar ishlab chiqarish, elektrovakuum, radiodetallar, kondensator zavodlari; «Vostok» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, pribor sozlash zavodi, «Sever», «Ximkontsentrat» ishlab chiqarish birlashmalari — atom energetikasi uchun apparatura va asbob-uskunalar, yoqilg’i energetika moslamalari; energetika va elektrotexnika mashina va asbob-uskunalari ishlab chiqarish — «Elektroafegat», «Elsib» korxonalari, qishloq xo’jalik mashinasozligi — «Sibselmash» ishlab chiqarish birlashmasi; to’qimachilik sanoat uchun asbob-uskunalar — «Sibtekstilmash» zavodi), kora («Novosibprokat» korxonasi) va rangli (Novosibirsk qalayi kombinati, Novosibirsk elektrod zavodi) metallurgiya. Qurilish materiallari ishlab chiqarish (Tsement va asbosement mahsulotlari), kimyo, o’rmon va yog’ochsozlik, yengil (tikuvchilik, ip-gazlama — «Novosibirsk ip gazlama kombinati»; —trikotaj «Sibir» korxonasi; ko’n-poyabzal: «kore», «Kojgalantereya» korxonalari), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Novosibirsk GES, baraba GRES mavjud. Bosh sanoat shaharlari: Novosibirsk, Berdsk, Iskitim. ovosibirsk viloyati — Sibirning muhim qishloq xo’jalik rayoni. Qishloq xo’jalik don-chorvachilik yo’nalishiga ega. G’allachilik, ozuqa, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Sut-go’sht chorvachiligi, parrandachilik rivojlangan. Ob daryosida kemalar qatnaydi. Avtoyo’llar zichligi 51 km/ming km2 (1997). Karachi (Karachi ko’li) kurorti bor.