Noziknihol

Noziknihol, Kosmos, kosmeya (Cosmos) — murakkabgullilar oilasiga mansub bir yoki ko’p yillik o’tlar turkumi, ekma gul turi. 25 tacha turi Amerikada uchraydi. Bo’yi 1 metrcha, poyasi shoxlangan, bargi qo’sh patsimon qirqilgan; to’pguli uzun gulbandli savatcha, gullari oq, pushti, qizil, ikki jinsli. Mevasi tez to’kiladigan pistacha. Urug’lari mart—aprel boshlarida ochiq erga ekiladi. O’zbekistonda Meksikadan olib kelin- gan bir yillik qo’shpatli Noziknihol (C.bipinnatus Cav.) va sariq gulli Noziknihol (S. sulphureus) manzarali o’simlik sifatida bahorda ekiladi. Gulzorlarda o’stiriladi, guldastalar yasash uchun ishlatiladi.