Nozir

Nozir (Arabcha — nazoratchi) — 1) qilinayotgan harakatning to’g’riligini, qonun, qaror va nizomlarning bajarrilishini nazorat qiladigan mansabdor shaxs, inspektor; 2) Turkistonda 20-asr boshlariga qadar merosni saqlovchi homiy; 3) BXSR va XXSRda vazirlikni boshqaruvchi mas’ul shaxs — vazir. Nozirlar kiritilgan hukumat Nozirlar sho’rosi deb atalgan va u oliy ijroiya qo’mitasi sanalgan; 4) ba’zi Arab mamlakatlari (Masalan, Misr)da viloyat boshlig’i.