Nurali qiziq Nurmat o’g’li

Nurali qiziq Nurmat o’g’li, Layzongul (1882— Qo’qon -1969) — xalq qiziqchisi, askiyachi, nayrangboz, ertakchi. Toshkentlik Orif nayrang, qashqarlik Ismoil hojidan nayrang va chinnilar (lagan, taqsimchalar va boshqalar) bilan tomosha ko’rsatishni o’rgangan. 1909-14 yillarda Yusufjon qiziq bilan askiya va qiziqchilikda tortishgan. Asosan, tomoshalarni yakka o’zi ko’rsatgan. Repertuaridan kulgi-hikoyalar, lof, naqd va latifalar o’rin olgan. Nurali qiziqning iplar yordamida xarakatga keltiruvchi Layzongul degan qo’g’irchog’i bo’lib, uni ta’riflab qo’shiq aytgan. «Layzongul» laqabi shundan. O’rta Osiyo va Qozog’is-tonning ko’pgina shaharlarida tomoshalar ko’rsatgan, hikoyalari, ta’riflarini o’zbek, qozoq, tojik, uyg’ur tillarida olib borgan. Asosan, Farg’ona vodiysi va Toshkentda ijod etgan. Nurali qiziq tilidan o’nlab qiziqchilik va ertaklar yozib olingan, shundan bir qismi 1990 yilda «Luqmoni Hakim» nomi bilan nashr qilindi.