Obmo’ri
Obmo’ri (forscha ob-suv va mo’ri-quvur)-qal’a, istehkom, qo’rg’on va shaharlarni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi yer suv inshooti. U ikki xil-quduqli va sopol quvurlar yotqizilgan lahim (tunnel)li bo’ladi. Obmo’ri-qal’a tubida gumbazsimon suvxona bino qilinib, tubidan quduq qaziladi. Suvxonaga zinapoyalar orqali tushiladi. Lahimli Obmo’ri suv manbalari (soy yoki daryo tarmog’i) qal’a tomon qazilgan lahim bo’ylab tosh yoki pishiq g’ishtlardan novsimon suv yo’li-ariq ishlanadi va unga sopol quvurlar yotqiziladi (masalan, Aksikat shahrining X-XI asrlarda barpo etilgan mo’risining quvurlari 40 santimetrli bo’lgan). Quvurlardan oqib kelgan suvdan foydalanish maqsadida qal’a ichida bir nechta suvxona va ularga tushish uchun zinali mo’rilar ishlab chiqiladi.