Odatda uyalgan paytimizda yuz terisi qizara boshlaydi.
Chunki:
— Ong osti asab tizimi xavfli vaziyatlarda o’z-o’zidan qaror qabul qiladi. Uyalish – bu organizm uchun o’ta og’ir holat. Chunki bunday holatda adrenalin ishlab chiqariladi.
— U esa yurak urishini kuchaytiradi, nafasni tezlashtiradi va tomirlarga ko’p miqdorda qonni haydaydi. Natijada esa yuz sohasi qizara boshlaydi.