Og’ir suv

Og’ir suv, D2O — vodorodning izotopi deyteriy (o)ning kislorod bilan birikmesi. Tabiiy suv va atmosfera yog’inlarida mavjud. Molekulyar modda 20. Muzlash temperaturasi +0,82°, qaynash temperaturasi 101,42°, zichligi 1,359 g/sm3. Og’ir suvni 1932 yilda G. Yuri va E. Osborn kashf etgan. Tarkibida N2O molekulalari bilan birga oz mikdorda D2O molekulalari ham bo’lgan oddiy suv elektroliz qilinganda, asosan, N2O molekulalari parchalanadi; Og’ir suvning nisbiy miqdori ortib boradi. D2O molekulalariga boy qoldiq suvni uzok, vaqt elektroliz qilish va fraktsion haydash yo’li bilan deyarli toza Og’ir suv olish mumkin. Amerikalik olimlar G.Lyuis, R. Makronald va F. Speddinglar 1933 yilda ana shu yo’l bilan deyarli 100% D2O molekulalaridan tashkil topgan sof Og’ir suv ajratib olganlar. 165 tonna suvni elektroliz qilib, 1 kilogrammga yaqin D2O olish mumkin: 1 tonna suvni elektrolizlash uchun 5-6 ming kVt – soat elektr energiyasi sarflanadi. Og’ir suv ko’pgina xossalari jihatdan oddiy suvdan farq qiladi: zichligi, molekulyar modda, qaynash va qotish temperaturasi oddiy suvnikidan yuqori. Og’ir suv yadro reaktorlarida neytronlar tezligini susaytirishda qo’llanadi.