Ojeshko (Orzeszkowa) Eliza

Ojeshko (Orzeszkowa) Eliza (1841.6.6 – Grodjmlahri – 1910.18.5) — polyak adibasi. Yirik yer egasining qizi. Varshava pansionida tarbiyalangan (1852-57). Asarlari 1866 yildan nashr etila boshlagan. Ojeshkoning ilk roman va qissalari («Pan Grabe», 1869; «Marta», 1873 va boshqalar) ayollarning insoniy qadr-qimmat va ijtimoiy erkinlik uchun kurashiga bag’ishlangan. Ojeshko ijodining asosiy mavzui eski pomeshchiklik tartibining inqirozi hamda burjuaziya obro’-e’tiborining yuksalishidir: «eli Makover» (1874-75), «Broxvichlar oilasi» (1876) romanlari va boshqalar. Realistik hikoyalar to’plami «turli-tuman davralardan» (1-3-jildlar, 1879-82), belorus dehqonlari hayotini aks ettiruvchi «Pastliklar» (1883), «Dzyurdzi» (1883) va «surbet» (1888) qissalari shuhrat topgan. «Neman uzra» romani (1887) Ojeshko ijodiy yutuqlarining umumlashmasi bo’lib, unda tanazzulga yuz tutayotgan shlyaxta (polyak dvoryan)larga milliy-vatanparvarlik an’analariga sodiq mehnatsevar dehqonlar qarshi qo’yilgan. Ojeshko nasriy asarlari 19-asr polyak realizmi cho’qqilaridan biridir.