Agar siz dengiz sohiliga borgan bo’lsangiz, suvning ko’tarilishi va pasayishi o’rtasidagi farqni ko’rgansiz, albatta. Dunyoning ayrim joylarida bu farq 12 metrni tashkil qiladi. Inson uzoq vaqt suvning bunday vaqti-vaqti bilan harakatlanib turishi muhim energiya manbai bo’lishi mumkinligiga e’tibor bermay keldi. Agar undan sharshara va daryolardagi kabi foydalanilganda edi, atrof-muhitga hech bir zarar yetkazmasdan, ko’p miqdorda energiya olish imkoni tug’ilardi. Ilk suv ko’tarilishidan ishlaydigan gidroelektrostansiya Fransiyaning Sent-Malodan unchalik uzoq bo’lmagan Bretani degan joyida qurildi. Dinard va Sent Malo o’rtasidagi Kotanten yarim oroli etagida joylashgan bu gidroelektrostansiya Atlantika okeanidan La-Mansh bo’g’oziga oqib kiradigan suv ega bo’lgan 56 million ot kuchilik quvvatning yarmini elektr energiyasiga aylantirib bera oladi. To’g’onga o’rnatilgan 24 ta kuch qurilmasi bir yilda 540 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu, albatta, katta daryolarda qurilgan gidroelektrostansiyalar quvvatidan ancha kam, ammo ularning ishonchliligi ancha yuqori. Dengiz suvining ko’tarilib tushishi muvaqqat ob-havo injiqliklariga bog’liq emas.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
