Oksidlanishli fosforlanish

Oksidlanishli fosforlanish — tirik organizmlarda organik kislotalar (substratlar)ning oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan energiya hisobiga adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat kislotadan adezontri-fosfat kislotaning (ATF) sintezlanish jarayoni. Bu ko’pincha nafas olish zanjiridagi fosforlanish deb ham ataladi. Oksidlanishli fosforlanish natijasida hujayrada ko’p miqdorda energiyaga boy makroergik birikma — ATF to’planadi. ATF energiyasi keyinchalik hujayrada sodir bo’ladigan barcha hayotiy jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi. Oksidlanishli fosforlanishning asosiy substratlari Krebs tsiklila hosil bo’ladigan organik kislotalardir. Oksidlanish bilan bog’liq bo’lgan fosforlanish jarayonini rus olimi V. A. Engelgardt kashf etgan (1930). Nafas olish bilan bog’liq bo’lgan fosforlanish jarayoni esa rus olimlari V. A. Beliser va E. T.Tsibakovalar tomonidan ochilgan (1939). Keyinchalik A. Leninjer (AQSh) bu jarayon nafas olish zanjirida elektronlarning ko’chirilishi bilan bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Elektronlar nafas olish zanjiriga qaytarilgan nikotinamida denindinu-kleotid (NADN2) yoki nikotinamida denindinukleotidfosfat (NADFN2) dan keladi; koferment Q orqali ketma-ket ravishda potentsiali manfiy bo’lgan birikmalardan musbat potentsialli birikmalarga ko’chiriladi. Nafas olish zanjiri orqali elektronlarning ko’chirilishi kislorodning qaytarilishi va suv molekulasining hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Bu oxirgi jarayon murakkab tuzilishga ega bo’lgan tsitoxromoksidaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, substratlarning kislo- rod yordamida oksidlanishi bir qator oksidlanish va fosforlanish reaktsiyalari bilan bog’langan bo’lib, bu reaktsiyalarning har biri uchun oksidlanayotgan substratning molekulasida to’plangan energiya oz-ozdan ajralib turadi va bu energiyadan hujayra to’liq foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ajralib chiqqan energiyaning foydali energiyaga aylanishi «fosforlanish nuqtalari» deb ataluvchi qismlarda sodir bo’ladi. ATFning hosil bo’lishi ATF sintetaza fermentlari majmuasi yordamida amalga oshiriladi. Bu reaktsiya qaytar xarakterga ega bo’lib, teskari reaktsiya, ya’ni ATFning parchalanishini ham amalga oshiradi. Oksidlanishli fosforlanish jarayonini miqdor jihatdan ifodalovchi kattalik fan/o koeffitsienti bo’lib, u ATF hosil qilish uchun sarflangan fosfor atomlari miqdorining mitoxondriy tomonidan yutilgan kislorod atomlari miqdoriga bo’lgan nisbatini bildiradi. Bu koeffitsient kattaligi oksidlanayotgan substratning xarakteriga, hujayraning fiziologik holatiga va hujayra muhitining tarkibiga bog’liq. Nafas olish zanjiridagi fosforlanishning maksimal samaradorligi, ya’ni ra»/o qiymati substrat NADN2 bo’lganida 3 ga, suktsinat kislotada — 2 ga teng. Nafas olish zanjiridagi fosforlanish jarayonining molekulyar mexanizmlari, ya’ni oksidlanish reaktsiyalari natijasida ajraladigan energiyaning ATF molekulalarida to’planish mexanizmlari ingliz olimi P. Mitgell tomonidan aniqlangan. Uning xemiosmotik nazariyasiga kura, oksidlanish va fosforlanish jarayonlari mitoxondriyaning ichki membranalarida hosil bo’ladigan vodorod ionlarining elektrokimyoviy potentsiali orqali o’zaro bog’lanadi. Nafas olish zanjiri bo’ylab elektronlarning ko’chirilishi 3 ta bosqichda (bog’lanish nuqtalarida) energiya ajralishi bilan boradi. Ajralgan energiya ionlarning elektrokimyoviy gradienti shaklida (DTSn+) bo’ladi. Keyinchalik undan ATF vujudga keladi yoki hujayraning energiya talab qiluvchi ehtiyojlari uchun to’g’ridan-to’g’ri foydalaniladi. Abdukarim Zikiryoyev.