Oksidlar, tabiiy oksidlar

Oksidlar, tabiiy oksidlar (Yunoncha oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birikmalari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni o’z ichiga oladi. Tabiatda eng ko’p uchraydigan Oksidlardan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) ko’pgina tog’ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan Oksidlar hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. Oksidlarning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, Oksidlar tarkibida gidroksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va on~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat o’sha element atomlariga birikkan bo’ladi, lekin o’zaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (masalan, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal Oksidlar elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil bo’ladi.