Olivin

Olivin (lotincha oliva — zaytun; nomi zaytunsimon-yashil-xrizotil rangidan) — ortosilikatlar kichik sinfiga mansub minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi (Mg)2Fe)2[Si04]. Unda 8— 12 %, ba’zan 20 % G’eO va 45-50% MgO bo’ladi. Olivin guruhiga forsterit Mg2[SiOJ, fayalit Fe2[SiO4], tefroit Mn2[Si04], knebelit (G’e, Mn)2[SiO4], montichellit CaMg[SiOJ, izomorf qatorli minerallar — gortonolit (MgFe)2[SiO4J, pikrotefroit (Mn, Mg)2[SiO4] kiradi. Olivin tarkibidagi Mg, Fe, Mn izomorf shaklida Ni, Co, Sa, Sg bilan almashadi. Tarkibida fayalit molekulali Olivin tabiatda ko’proq tarqalgan (10-30%), marganes qo’shilgan molekulali turlari kamroq uchraydi. Romb singoniyada kristallanadi. Donador agregat va kristallar holida bo’ladi. Rangi sarg’ish-yashil, sariq, zaytun rangli, shaffof. Qattiqligi 6,5—7; zichligi 3,2— 4,4 g/sm3. Olivin asosli va o’ta asosli jinslar (dunit, peridotit, gabbro, bazalt, pikrit va boshqalar) hosil qiladi. U topilgan joyda ko’pincha nikel, xrom, temir konlari bo’ladi. Olivinning shaffof sariq-yashil turi — Zabarjad (xrizolit yoki Peridot) qimmatbaho tosh hisoblanadi. Forsterit — o’tga chidamli materiallar uchun xom ashyo.