Olma kislota
Olma kislota, oksikahrabo kislota, NOOS—SN(on) — SN2SOON — rangsiz, ignasimon kristall modda. Molekulyar modda 134,09. Shved kimyogari K. Sheele 1785 yilda xom olmadan ajratib olgan. Olma kislota juda muhim 2 asosli oksikarbon kislotadir. 2 ta optik faol izomer hosil qiladi; ratsemat (optik nofaol, qaynash temperaturasi 130°) shakli ham mavjud. Suv va spirtda yaxshi eriydi, qaynash temperaturasi 100°. Tabiatda L – olma kislota uchraydi. U ravoch, vino, xom olma, uzum, zirk va tamakida bo’ladi. Olma kislota tibbiyotda surgilar va bo’g’ilishga qarshi preparatlar tayyorlashda ishlatiladi.