Ombudsman

Ombudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil ma’muriy organlar, ba’zi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qo’yiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman nazoratni amalga oshiradi va Prokuraturadan farqli ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan xam tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Frantsiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shu kabilar. Ombudsman turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Frantsiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsmanga bevosita murojaat qilishga haqlidir. Ombudsman kamchilik yoki suiiste’mollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular o.ning taklifidan bosh tortsa, Ombudsman sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari bo’yicha, shuningdek, o’z tashabbusi bilan ish olib boradi. Frantsiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki o’z senator yoki deputatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta Ombudsman lavozimi 1709 yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. Ombudsman institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga bo’lish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman Klassik tipdagi Ombudsman har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik Ombudsman katarkta Shvesiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shu kabi ko’pgina mamlakatlar Ombudsmanlari kiradi. O’zbekiston Ombudsmani ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar bo’yicha tekshirish xuquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni o’tash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari bo’yicha shug’ullanadigan alohida sohalar Ombudsmanlari. Ombudsmanning alohida obro’-e’tibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ombudsmanlar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida o’zgarmasligi, Qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, o’z huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj bo’lgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymasligi, aholiga bepul xizmat ko’rsatishi bilan ajralib turadi. O’zbekiston Respublikasida Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari «Oliy Majlisning inson huquqlari vakili (Ombudsman) to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining qonuni (1997 yil 24 aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga ko’ra, Oliy Majlisning Inson huquqpari bo’yicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxs bo’lib, unga O’zbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huqukdari to’g’risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan. Vakil o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan printsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil o’z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo’lmagan tarzda amalga oshiradi va O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga hisob beradi. Ad.: Sattorov A., Ombudsman — huquq himoyachisi, T., 2000. Akmal Saidov.