Opoka
Opoka (geologiyada) — mustahkam, kremniyli g’ovak cho’kindi tog’jinsi. Tarkibi, asosan, amorf kremnezyomdan (98% gacha — opal) iborat va gil, qum, glaukonit, kvars, dala shpatlari va boshqalar qo’shilgan bo’ladi. Opoka dastlab kremniyli mergel yoki kremniyli gil deb ham atalgan. Och va to’q kulrang, ba’zan qoramtir. Zichligi 1000 kg/m3 chamasida. Toza turlari yuqori adsorbtsion xossaga ega. Dengiz sharoitida kimyoviy yo’l bilan hosil bo’ladi. Asosan, paleogen, qisman yuqori bo’r yotqiziqlarida uchraydi. Rossiyaning Yevropa, Sharqiy Ural yon bag’irlarida mavjud. Qurilishda va adsorbent sifatida ishlatiladi.