Oprichnina

Oprichnina (qadimgi ruscha oprichniy-muhim so’zidan)-1) XIV-XV asrlarda Rus buyuk knyazi oilasidan bo’lgan ayollarning maxsus udel mulklari; 2) Ivan Grozniyning 1565-1572 yillarda maxsus hudud, qo’shin va davlat mahkamasi bo’lgan udeli nomi; 3) 1565-1572 yillarda Ivan Grozniyning feodallarning ehtimol tutilgan xoinligiga qarshi kurashish uchun mo’ljallangan ichki siyosiy choralari tizimi (ommaviy qatag’onlar, qatllar, yer mulkini musodara qilish va hokazolar).