Oq mitti yulduzlar

Oq mitti yulduzlar – aynigan gazlardan iborat kichik o’lchamli juda zich qaynoq yulduzlar. Massalari Quyosh massasiga yaqin, lekin o’lchamlari Quyoshga nisbatan taxminan 100 marta kichik bo’ladi. Shu tufayli Oq mitti yulduzlarning zichliklari juda katta -10* -109 kg/m3. Radiusi bir necha ming kilometr, sirtidagi temperatura 10 ming K. Temperaturasi va spektri oq rangli yulduzlarga mos ekani qamda o’lchamlari kichikligi sababli shu nom bilan ataladi. Galaktikamizdagi yulduzlarning 10% ga yaqini Oq mitti yulduzlar tashkil qiladi. Ushbu fizik holat yulduzlar evolyusiyasining eng oxirgi bosqichlaridan biriga to’g’ri keladi. Oq mitti yulduzlar massasi yukrridan 1,4 quyosh massasi bilan chegaralanganligini birinchi bo’lib hind astronomi S. Chandrasekar ko’rsatgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, Oq mitti yulduzlar normal yulduzlarning portlab, tashqi qobiqlarining fazoga tarqab ketishi natijasida vujudga kelgan.