Oq uylik

Oq uylik — qadimda va o’rta asrlarda davlatlararo siyosiy munosabatlarda siyosat garovi tariqasida bir davlatdan ikkinchi davlatga beriladigan kishilar. O’rta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida bir. Hukmdor ikkinchi bir hukmdorga do’stligi yoxud tobeligi isboti tariqasida o’z tomonidan Oq uylik yuborar edi. Oq uylik sifatida tobe hukmdorning o’g’li, birodari yoki mamlakatning mashhur kishilaridan bir guruxi yuborilgan. Oq uyliklar mamlakatda doim nazorat ostida va xavfda yashardilar, chunki ularni yuborgan hukmdor o’z axdini buzsa, Oq uyliklar o’ldirilishi mumkin edi. Ba’zan hukmdorlar o’zlariga muxolif bo’lgan shahzodalar yoxud zodagonlarni tantanali suratda Oq uylik qilib yuborib, ulardan qutulganlar.