O’qitishning evristik metodi
O’qitishning evristik metodi-1) ta’limda yangiliklarga eltuvchi metod va qoidalarni izlash (D.Poya). Evristik metod mohiyati quyidagidek izchilikka tuzilgan reja orqali amalga oshiriladi: a) masalaning qo’yilishini tushunish; b) masalani yechish rejasini tuzish; v) tuzilgan rejasini amalga oshirish; g) orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish); 2) o’qituvchi tomonidan tahsil oluvchilar uchun o’tiladigan mavzu materialining mazmunini muammo qilib qo’yish va maqsadga tomon yo’naltiruvchi savollar tizimidan foydalanib, ularni muammoni hal qilishga yo’llash metodikasi.