Oqtosh agalmatolit- alunit koni

Oqtosh agalmatolit- alunit koni — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi kon. G’azalkent shahri yaqinida, Qorjontovning Janubiy yon bag’rida joylashgan. 1923 yilda konda agalmatolit, dyumorterit va ikkilamchi kvarsitlarda alunit borligi aniqlangan. Oqtosh agalmatolit- alunit koni toshko’mir davriga mansub har xil tarkibli effuziv jinslar (aqcha svitasi)da topilgan. Effuzivlar gumbazsimon bukilmalar hosil qilgan bo’lib, ularda turli yo’nalishdagi yoriklar mavjud. Leykokrat granitlar eni 50-300 metrli kvars-serisit, kvars va andaluzit-korundli jinslar bilan o’ralgan. Aqcha svitasi (qalinligi 400— 600 metr) dagi past temperaturada hosil bo’lgan kvarsit zonasida alunit, diaspor, agalmatolitlarning linzasimon, ustunsimon tanalari joylashgan. Kvarsitlashgan zonaning Janubda dyumorterit, korundga boy kvars-serisitli jinslar, shimolda kaolinitli, Diaspor- kaolinit-pirofillitli, diaspor va alunitli kvarsitlar keng tarkalgan. Alunitli uyumlar 20-120 metrli izotermik shakllarga ega. Alunitning rudadagi umumiy miqdori 10-60%. 100-500 metr chuqurlikda alunitli kvarsitlar borligi aniqlangan.