Oraliq miya
Oraliq miya — bosh miya sopining talamus (ko’rish do’mbog’i), metatalamus (ko’rish do’mbog’i orti sohasi), gipotalamus (do’mboq osti sohasi), epitalamus (do’mboq usti sohasi) va subtalamus (talamus osti sohasi) joylashgan qismi. Oraliq miyada vegetativ nerv sistemasining markazlari bor.