Oraliq
Oraliq (tibbiyotda) — odam dum suyagining uchi va quymich do’mboqlari oralig’ida yotgan yumshoq to’qimalar yig’indisi. To’g’ri ichakning pastki bo’lagi, siydik chiqarish kanali (uretra) ning boshlang’ich qismi (ayollarda qin ham) Oraliqdan o’tadi.
O‘xshash so‘zlar
- Oraliq zona
- Oraliq miya
- Oraliq devor
- Oraliq nazorat
- Oraliq ekinlar
- ORALIQ ISTE’MOL
- ORALIQ MAHSULOT
- Oraliq xo’jayin

