O’rdaklarning qanday turlari bor?

O’rdaklar bo’yni kaltaroq, kichkina g’ozga o’xshaydigan oqqushlar, g’ozlar, gaga (Shimoliy qutb suvlarida yashaydigan qimmatbaho parli o’rdak) lar va kroxallar kabi o’rdaksimonlar oilasiga mansub. O’rdaklarning asosan suvda suzadigan va sho’ng’iydigan turlari mavjud. Avvalgilari tanasining yarmidan ko’pini suvga botirib suzadi, ammo sho’ng’iy olmaydi. Shu tufayli ular daryo va kichik ko’llarda yashaydi hamda suv sathiga yaqin narsalarni yeydi. Ularning eng nomdori kryakva bo’lib, u Shimoliy yarim qutb kengliklarida suzib yuradi. Xonaki g’ozlarning ajdodi ham aynan kryakvalardir. Ayni qushlar suzadigan o’rdaklar orasida eng ko’p tarqalgan. Sho’ng’iydigan o’rdaklar ovqat qidirib, suv tagiga shung’ib ketadi. Ularning aksariyati dengizlarda yashab, o’zlariga ovqat topadi. Churrak va siviyazlar, shuningdek, ko’rkam mandarino’rdaklar va karolina o’rdaklari ana shu siraga kiruvchi qushlardir. Sho’ng’iydigan o’rdaklar turiga oddiy gaga, haydarhush va kroxashlar ham mansub. Uzun, chiroyli, ichki tomonidagi arra tishlariga o’xshash tishi bo’lgani uchun ular «tishli tumshuqlar» nomini olgan. Shu boisdan ular silliq dengiz baliqlarini mahkam tutib oladi. Ularning hammasi tez ucha olmaydi, faqat shu guruhga mansub bo’lgan uzundumli o’rdak soatiga 112 kilometr masofa bosadi. Sho’ng’iydigan o’rdaklar kenja oilasining har biri o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, Yevropa o’rdaklari orasida churrak eng kichigi sanaladi. Yapaloqburun o’rdak o’zining katta va juda enli tumshug’ining uchi egilib turishi va yumshoqligi hamda mayda tishlari bilan ajralib turadi. Suqsur makiyonining dumi uchli va uzundir. Oddiy gaga bizga o’zining ko’kragida o’sgan yumshoq parlarini «yetkazib turadi» va biz uni gaga pari deb ataymiz, bu parlar kiyimlarga hamda to’shaklarda taglama xomashyo sifatida foydalaniladi. Mandarino’rdak Angliyaga Xitoydan keltirilgan edi, u yana yovvoyilashib ketdi va hozirgi paytda mamlakatning janubiy qismida yashamoqda.