Organik geokimyo

Organik geokimyo – yerning turli geosferalaridagi organik moddalarni o’rganuvchi geokimyo fanining bo’limi. Organik geokimyo vazifasi organik birikmalarning yuzaga kelishi, shakli va kelgusida ular tarkibining o’zgarishi va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etishdan iborat. Organik geokimyo, shuningdek, tirik organizmlarning qazilmalar shakliga (jumladan, mikroorganizmlar ishtirokida) o’tishini, bu moddalar paydo bo’lish sharoitlari va omillarini hamda ularni issiklik, yuqori bosim va boshqa geologik omillar ta’siri ostida yana o’zgarib, tog’jinslariga va yonuvchi foydali qazilmalarga aylanishini ham o’rganadi. Neft va kumir geokimyosi mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllangan. Organik geokimyoning muhim bo’limi rudali konlarni (uran, oltin, simob, mis, vanadiy, germaniy va boshqalar) paydo bo’lishida va yer po’stidagi bir qancha kimyoviy elementlarning migratsiyasi va to’planishida organik moddalar ishtirokini o’rganish ustida ish olib boradi. Organik geokimyo kosmik jismlarning organik moddalarini tadqiq qiluvchi organik kosmokimyo bilan uzviy bog’liq.