Oshlig’
Oshlig’-ko’chmanchi o’zbeklar davlatida mavjud bo’lgan, faqat o’troq aholidan olinadigan soliq turi bo’lib, u oziq-ovqat solig’i deb ham yuritilgan. Bu soliq faqat urush paytida olingan. Oshlig’ xalq uchun eng og’ir soliq bo’lib, u favqulodda holatlarda joriy qilingan. Oshlig’ning miqdori xon va zodagonlarning zaruriyatlari va ehtiyojlariga bog’liq bo’lgan. Bu soliq turi o’troq aholi uchun nihoyatda og’ir bo’lib, odatda uni yig’ib olgandan keyin, hatto butun-butun boshliq qishloqlar xonavayron bo’lgan.