Osmiy

Osmiy (Yunoncha osme — xid; lotincha Osmium), Os — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 76, atom molekulasi, 190,2. Tabiiy Osmiy 7 ta barqaror izotopdan iborat: l84Os(0,018%), l86Os(l,59%), 187Os(l,64%), 188Os(13,3%), 189Os(16,l%), 190Os(26,4%), 192Os(41,l%). Osmiyning sun’iy radioaktiv izotoplari ichida 184Os eng uzoq vaqt mavjud bo’luvchi (T|/2=700 kun). Osmiyni 1804 yilda S. Tennant platinani zar suvida eritishda ortib qolgan moddalar tarkibidan topgan. Osmiyning OsO4 tarkibli angidridi o’ziga xos o’tkir hidli (xlor hidiga o’xshaydi), kukun holidagi Osmiy ham shunday hidga ega. Osmiy Yer po’stining massa jihatidan. 5-10~6%ni tashkil qiladi. Tabiatda iridiy bilan qotishma holida, platina guruhi metallarining rudalarida uchraydi. O’zbekistonda Olmaliq va Qizilqum hududlaridagi polimetall rudalari tarkibida tarqoq holda mavjud. Osmiy — ko’kimtir tusli qattiq metall. Metallar ichida eng og’iri. Zichligi 22,6 g/sm3 (15°da), suyuqlanish temperaturasi 3027°, qaynash temperaturasi 5027°. Osmiy kimyoviy xossalari jihatidan platina guruhidagi boshqa metallardan keskin ajralib turadi; u ba’zan metallmaslik xossalarini ham namoyon qiladi. Osmiy havoda qizdirilsa, oksidlanib, OsO4 — osmiy (Ush)-oksidga aylanadi. Osmiyning 2,4 va 8 valentli oksidlari bor. Osmiy oksidlari 600-950° da uchuvchan. Osmiy monooksid yoki osmiy (P)-oksid, OsO — qora tusli kukun, suvda va kislotalarda erimaydi, juda tez oksidlanadi. Osmiy (I V) – oksid, OsO2 jigarrang yoki kora kukun modda, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, zichligi 7,91 g/sm3 (22°da), 650° da parchalanadi. Havoda qizdirilganda osmiy (ush)- oksidga aylanadi. Osmiy (ush)-oksid yoki osmiy angidrid OsO4 rangsiz kristall modda, zichligi 4,96 g/ sm3 (22°da), suyuqlanish temperaturasi 39,5°, qaynash temperaturasi 130°. Zaharli. Suv, spirt va efirda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi osmat kislota H2[OsO4(OH)2] deyiladi. Metall Osmiy kukuni ftor bilan 250° gacha qizdirilsa, osmiy (VIII) – ftorid OsF3 ga aylanadi. Qo’shimcha sifatida OsF6 va OsF4 xdm paydo bo’ladi. Osmiy xlor atmosferasida qizdirilsa, OsCl4, OsClj, OsCl2 lar vujudga keladi. Osmiy tarkibida mis-nikelli sulfide rudalari va mis molibden bo’lgan rudalardan platina guruhi metallari bilan ajratib olinadi. Uni boshqa metallardan ajratishda OsO4 holida boshqa idishga o’tkaziladi. Osmiy qotishmalari aniq o’lchov asboblari o’klarini tayyorlashda, radiotexnikada, kompozitsion materiallar olishda, birikmalari esa katalizatorlar sifatida tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Omonulla Xo’jayev.