Osmanov Seytumer Osmanovich

Osmanov Seytumer Osmanovich (1907.20.12) — biolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Biologiya fanlari doktori (1969). Simferopol pedagogika institutini tugatgan (1933). Chelyabinsk pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1938-40), Sevastopol biologiya stantsiyasida katta ilmiy xodim (1940— 41), 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-44), Qoraqalpog’iston pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1944-50), Iqtisodiyot va madaniyat institutida katta ilmiy xodim (1950-57), kompleks ilmiy tadqiqot instituti baliqchilik laboratoriya mudiri (1957-58). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali zoologiya va parazitologiya sektori boshlig’i (1958— 59), parazitologiya laboratoriya mudiri (1959 yildan). Ilmiy ishlari baliqlar parazitlari ekologiyasi, sistematikasi, biologiyasi va zoogeografiyasiga bag’ishlangan. As: paraziti rib O’zbekistona, T., 1971.