Osmatuzi, qanot osma
Osmatuzi, qanot osma — ziynat buyumi; Xorazm ayollarining boshga taqadigan taqinchog’i. Tillaqoshdan Xorazm zargarligiga xos bezaklari — panjarali qanotlarining aylana naqshgullar bilan to’ldirib bezatilganligi, uzun shokilalarining ko’pligi, ayniqsa, qanotlar kelib tutashadigan Markaziy shaklning o’ziga xosligi hamda ukpar, par o’rnatiladigan naychasi borligi bilan farq qiladi. Osmatuzi chakka taqinchog’i — yarimtirnoq bilan birga ansambl hosil qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Osminoglar
- Osmiy
- Osmiyli iridiy
- Osmon koordinatalari
- Osmon mexanikasi
- Osmon sferasi
- Osmon, osmon gumbazi
- Osmonsoy


