Osmanlar

Osmanlar (Diptychus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urug’i. 3 turi ma’lum. O’rta Osiyo tog’laridagi suv havzalarida 2 turi (tangachali va tangachasiz Osmanlar) tarqalgan. Tangachali Osmanlar daryolarda yashaydi. Uzunligi 50 santimetr, vazni 1 kilogrammgacha; bahor va yozda urchiydi. Tangachasiz Osmanlar daryo va ko’llarda yashaydi; ayniqsa, Issiqko’lda ko’p. Uzunligi 60 santimetr, vazni 3 kilogrammgacha. Chirchiq daryosining yuqori qismi va irmoqlarida tangachasiz Osmanlar uchraydi.