Osmon, osmon gumbazi

Osmon, osmon gumbazi — yer ustida gumbaz shaklida ko’rinib turadigan fazo (samo, falak, ko’k). Osmon bulutsiz kunlari kunduzi havo rang (quyosh nurlarining yer atmosferasida sochilishi ko’proq qisqa to’lqin uzunliklariga to’g’ri kelgani uchun), kechalari qora bo’lib ko’rinadi. Kunduzi Osmonda Quyoshni, ba’zan oyni va kamdan-kam hollarda ba’zi osmon jismlari (masalan, Zuhra yulduzi, ya’ni Venera) ni, kechalari esa bir vaqtning o’zida 3000 tacha yulduz, sayyoralar, oy, tumanliklarni, ba’zan kometa, meteor va boshqa osmon jismlarini ko’rish mumkin.