O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYATI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYATI — O’zbekistonda davlat hokimiyatining alohida mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmog’i. Uning zimmasiga davlat idoralari, fuqarolarning turlituman uyushmalari va alohida shaxslar o’rtasidagi munosabatlarning huquq (qonun) doirasida kechishini va hal etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Sud hokimiyatiga xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan yoki tayinlangan) muassasalar tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning o’z faoliyatida faqat qonunga bo’ysunishi hamda fuqarolik, ma‘muriy, jinoiy va boshqalar ishlarni qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (ya‘ni davlatning boshqa hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini o’z zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining to’laqonli va qat’iyligi (sud hokimiyati chiqargan hujjatlar, hukm va qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi)da namoyon bo’ladi. Mamlakatimizdagi sud hokimiyatining huquqiy maqomi, tuzilishi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va ―Sudlar to’g’risida‖gi qonuni (2000-yil 14-dekabr)da belgilab berilgan.