P

P — o’zbek kirill alifbosining o’n yettinchi harfi. Lablab, portlovchi-shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So’zning boshi (paxta, poda, paypoq), o’rtasi (tuproq, oppoq) va oxi rida (qop, ip, to’p) qo’llana oladi. Biroq ko’p bo’g’inli so’zlarning oxirida kamroq uchraydi. Pekin talaffuzda so’z oxirida kelgan b tovushi, shuningdek, o’zbek tiliga o’zlashgan so’zlarda uchraydigan f tovushi aksariyat hollarda p tovushiga almashadi (borib — borip, kelib — kelip; g’azab — g’azap, fabrika — pabrika, foyda — poyda kabi), lekin bu hodisalar imlo (yozuv)da aks etmaydi. P Avesto, Urxun-Enisey, Sug’d, turkiy (uyg’ur) yozuvlarida, shuningdek, Arab, lotin alifbosi asosidagi o’zbek yozuvida o’ziga xos ko’rinishga ega.