Paduya

Paduya — Italiyaning shimoliy qismidagi shahar. Paduya viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yo’llarining muhim tuguni, kema katnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bog’langan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Galiley ishlagan universitet (1222), botanika bog’i (1545, Yevropada eng qadimgi), muzeylar bor. Shahar miloddan avvalgi 4-asrdan ma’lum. Uyg’onish davrida Paduyada rassomlik san’ati nihoyatda yuksalgan. 1866 yilda Italiya qirolligiga qo’shilgunga qadar turli davlatlar tarkibida bo’lgan. 12-15-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. Paduyada har yili xalqaro yarmarkalar o’tkaziladi.