Pak

Pak (inglizcha pack), Pak muzi — qutb havzalaridagi ko’p yillik dengiz muzi. Pak bir tekis qalinlikdagi (3-5 metr) mustahkam muz dalalaridan iborat. Keng muz dalalari shaklida, asosan, Arktika havzasida kuzatiladi. Uning to’g’ri nomi — ko’p yillik muz.